admin

About admin

This author has not yet filled in any details.
So far admin has created 133 blog entries.

Sirdaryo ahliga sabr tilab

2020-05-06T14:48:02+00:00

Joriy yilning 4 may kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti tomonidan Sirdaryo viloyatida talofatdan zarar koʼrgan fuqarolarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida aholiga kundalik isteʼmol uchun zarur boʼlgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, roʼzgʼor anjomlari va boshqa zaruriy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi. Jamoamizning har bir aʼzosi Sizga oʼz uylaringizga va osuda hayotga tezroq qaytishingizni tilab qoladi. Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti qiyinchilik sharoitidagi vatandoshlarimizni hamisha qoʼllab-quvvatlashga va ularga yordam berishga tayyor!

Sirdaryo ahliga sabr tilab 2020-05-06T14:48:02+00:00

«Innovatsion taʼlim, sanʼat va diplomatiya» anjumani

2020-04-22T01:36:39+00:00

Xabarnoma TOSHKENTDAGI YOJU TEXNIKA INSTITUTI Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi OLIMLARNI “Innovatsion ta`lim, san`at, diplomatiya” MAVZUSIDAGI  XALQARO ILMIY- AMALIY ANJUMANDA ISHTIROK ETISHGA TAKLIF QILADI Anjuman, COVID-19 bilan bog'liq bo'lgan karantin sababli 2020 yilning sentyabr oyiga ko'chirildi Anjumanda quyidagi muammolar muhokama qilinadi: (Anjumanning  muammolar maydoni): -Innovatsion ta`lim: tabiiy fanlar;  aniq fanlar -Ta`lim va pedagogikada innovatsiya -Davlat qurilishi, siyosat va diplomatiyada san`atning roli -San`at, arxitektura va dizayn innovatsion ta`lim muhitini yaratish vositasi sifatida -San`at, psixologiya (ruhshunoslik) va innovatsiya -Innovatsion ta`lim, ijodiy fikrlash va jaimyatni kompyuterlashtirish -San`at madaniyatlararo aloqalar vositasi sifatida - San`at, biznes, innovatsiya -Ta`lim jarayonida an`anaviy  va innovatsiyon usullar Anjuman materiallari to`plam shaklida [...]

«Innovatsion taʼlim, sanʼat va diplomatiya» anjumani 2020-04-22T01:36:39+00:00

Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari hamda Kolumbiya universiteti professori bilan uchrashuv

2020-03-10T17:43:15+00:00

2020-yil 11-mart kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga yosh olimlar va talabalar bilan uchrashish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari Tuychiev Olimjon hamda Kolumbiya universiteti professori Аziza Shanazarova tashrif buyurishadi. Uchrashuvda ilm-fan sohasidagi yangiliklar, innovatsiyalar, shu jumladan dunyo ilm-fani holati hamda Oʼzbekiston ilm-fani holati masalalari muhokama qilinishi bilan bir qatorda, Kolumbiya universiteti professori Аziza Shanazarova oʼz tajribasi haqida yosh olimlar va talabalar bilan fikr almashinadi. Bundan takshqari vazir oʼrinbosari Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligining yoshlar bilan bogʼliq tashabbuslari haqida, shu jumladan startaplar, qanday qilib boshlash va startaplarni yuritish haqida soʼz yuritadi. Аziza Shanazarova - Kolumbiya universitetining ilk oʼzbek professori, hamda [...]

Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari hamda Kolumbiya universiteti professori bilan uchrashuv 2020-03-10T17:43:15+00:00

“Filologiya va tillarni o’qitish metodikasining zamonaviy muammolari: nazariya va amaliyot masalalari” konferentsiyasi

2020-02-26T18:05:51+00:00

Aziz do'stlar va hamkasblar! Toshkentdagi Yodju texnika institutining rus, ingliz va koreys tillari kafedralari sizni "Filologiya va tillarni o'qitish metodikasining zamonaviy muammolari: nazariya va amaliyot masalalari" Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasida ishtirok etishga taklif qiladi. Anjuman 2020 yil 26 mart kuni Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida bo'lib o'tadi. (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, U. Nosir ko'chasi, 125, 109-xona)

“Filologiya va tillarni o’qitish metodikasining zamonaviy muammolari: nazariya va amaliyot masalalari” konferentsiyasi 2020-02-26T18:05:51+00:00

Matematika olimpiadasi

2020-02-26T16:45:08+00:00

Hurmatli talabalar. 2020 yil 29 fevral soat 11:00 da institutda "Matematika" fan olimpiadasi oʼtkaziladi. Bilimingizni sinab koʼring. Maʼlumot uchun "Аniq fanlar" kafedrasiga murojjat etishingiz soʼraladi.

Matematika olimpiadasi 2020-02-26T16:45:08+00:00

“Birinchi qadam” liboslar namoyishi

2020-02-26T18:20:47+00:00

2020 yil 8-fevral kuni “Liboslar Dizayni” ta’lim yo'nalishi talabalari Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida "Birinchi qadam" deb nomlangan moda namoyishini o'tkazdilar. Ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus bo'yicha ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida bo'lib o'tdi. Modalar namoyishi birinchi tashabbusga muvofiq talabalarning ijodiy g'oyalarini qo'llab-quvvatlash va kasbiy mahoratini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi (Yoshlarning musiqa, rasm, adabiyot, teatr va boshqa san'at turlariga qiziqishini oshirish). Ushbu tadbirda liboslar dizayni ta’lim yo'nalishi 1-kurs talabalari sport uslubidagi birinchi to'plamlarini namoyish etishdi, ya'ni 1-semestrdagi yakuniy imtihon uchun maxsus tayyorlangan sport kapsulalarining namunaviy ko'rgazmasi. Tadbirda milliy va tarixiy bezaklarni [...]

“Birinchi qadam” liboslar namoyishi 2020-02-26T18:20:47+00:00

Tandem Dasturi

2020-01-07T23:37:24+00:00

6-27 yanvar kunlari YTIT va Pusan ​​chet el universitetlari, rus filologiyasi talabalari o'rtasida "Tandem dasturi" o'tkaziladi. "Tandem" nemis tilidagi "velosiped" degan ma'noni anglatadi va ushbu dasturda talabalar 1: 1 juftliklarida ishlaydi va bir-birlariga o'z ona tillarini o'rgatadilar. Pusan ​​chet el tadqiqotlari universiteti o`zaro tengdoshlar va til o'rganish uchun samaraliusul  ekanligini tan oladi.Ko'p yillar davomida undan foydalanib kelmoqa. Bu safar O'zbekistonga  professor Li Je Xyok va Pusan ​​xorijiy tadqiqotlar universitetining 6 nafar talabalari tashrif buyurgan. Ular YTITning 12 nafar talabalari bilan sof do'stlik aloqalarini o'rnatib  til va  madaniyatlarni almashishni rejalashtirmoqdalar.

Tandem Dasturi 2020-01-07T23:37:24+00:00

Ilmiy – Amaliy seminar

2020-01-04T20:03:10+00:00

2019 yilning 4 yanvar kuni Oʼzbekistondagi Rus madaniyati markazida «Rus tili va adabiyotni oʼqitishda yangi texnologiyalarni qoʼllash» mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʼlib oʼtdi. Unda Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti «Rus tili» kafedrasi oʼqituvchilari ham ishtirok etishdi. Institut professor – oʼqituvchilari Oʼzbekistondagi Rus madaniyati markazi raisi S.Mironov va Rus tili markazi rahbari, professor А.Sheremeteva tomonidan «Rus tili va adabiyotni oʼqitishda yangi texnologiyalarni qoʼllash» boʼyicha malaka oshirish kurslarini oʼtaganlik haqida sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Ilmiy – Amaliy seminar 2020-01-04T20:03:10+00:00

Ikkitomonlama hamkorlik memorandumi

2019-12-26T16:46:09+00:00

Joriy yilning 26 dekabr sanasida Toshkentdagi Koreya Respublikasining Ta’lim markazi hamda Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti o’rtasida ikkitomonlama hamkorlik bo’yicha Memorandum imzolandi. Mazkur imzolangan Memorandumga muvofiq tomonlar kelgusida ta’lim va madaniy sohalarda o’zaro hamkorlikni ya’nada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Ikkitomonlama hamkorlik memorandumi 2019-12-26T16:46:09+00:00

Ochiq eshiklar kuni va Koreyada taʼlim koʼrgazmasi

2019-12-24T18:52:10+00:00

Joriy yilning 19 va 20 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida “Ochiq eshiklar kuni” va “Koreyada taʼlim koʼrgazmasi” tadbirlari boʼlib oʼtdi. Tadbirda abiturientlar va ularning ota-onalariga Institutda bugungi kunda mavjud taʼlim yoʼnalishlari, uning faoliyati, mavjud moddiy-texnik baza, axborot-resurs markazi fondi, professor-oʼqituvchilar tarkibi, oʼqitilayotgan fanlar va ularning oʼziga xos xususiyatlari, talabalar oshxonasi, institutga qabul jarayoni hamda kirish imtixoni haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga chet el OTMlari mavjud boʼlgan hamda bugungi kunda mazkur institutda joriy etilgan “kredit tizimi” haqida ham toʼliq axborot berildi. Institut talabalri “Koreyada taʼlim koʼrgazmasi” ikki tomonlama diplom berish “2+2” dasturi xaqida maʼruzalar [...]

Ochiq eshiklar kuni va Koreyada taʼlim koʼrgazmasi 2019-12-24T18:52:10+00:00