Bo’sh ish o’rinlari 2020-06-16T17:54:36+00:00

Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha malakali professor-oʼqituvchilar va mutaxassislarni zamonaviy va doʼstona taʼlim muhitida ishlashga taklif qiladi:

 

School of Engineering  School of Business and Finance  School of Education  School of Design
“Аrxitektura va shaharsozlik”

“Qurilish”

“Muqobil energiya”

“Lift muhandisligi”

“Аxborot tizimlar muhandisligi”

“Biznesni boshqarish”

“Xalqaro marketing”

“Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”

«Turizm»

“Buxgalteriya”

“Bank ishi”

“Moliya”

“Koreys tili filologiyasi”

“Boshlangʼich taʼlim”

“Maktabgacha taʼlim”

“English education”

“Chiroy estetikasi”

“Liboslar dizayni”

 

Talablar:

Oliy maʼlumot (magistr yoki unga tenglashtirilgan), ilmiy daraja (PhD yoki unga tenglashtirilgan)ga ega nomzodlarga afzallik beriladi;

Kuchli IT koʼnikmalariga ega boʼlish, shu jumladan, standart ofis dasturlarini yaxshi bilish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish qobiliyati;

Koʼp madaniyatli xalqaro mehnat jamoasining aʼzosi sifatida ishlash qobiliyati;

Oʼzbek va rus tillarini mukammal, ingliz tilini (yozma va ogʼzaki) aʼlo darajada bilish;

Xalqaro oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borgan professor-oʼqituvchi va mutaxassislarga afzallik beriladi.

Imtiyozlar:

Professional va kasbiy oʼsish imkoniyati;

Stajirovka va malaka oshirish imkoniyati (shu jumladan xorijiy davlatlarda);

Ish haqi va ijtimoiy toʼlovlar paketini belgilashda alohida yondashuv;

Turli xildagi ragʼbatlantirish mexanizmlari.

Qiziqish bildirgan nomzodlar rezyume (CV)larni 2020 yil 20 avgustga qadar hr@ytit.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin.

Nomzodlar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Qoʼshimcha maʼlumot uchun: +998 (78) 129-40-40 (ichki 114; 129; 123).