ACCA kurslari 2020-08-24T21:27:41+00:00

Professional ACCA kurslari

Xalqaro ACCA sertifikatlari – Dunyoni istalgan qismida yahshi yashash va ishlash imkoniyatlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi o‘rinlarda — MHXS) o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:

Belgilansinki, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:

2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;

Batafsil

ACCA nima?

1904 yilda tashkil etilgan, sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasi bo’lmish ACCA bu xalqaro sertifikatlangan buxgalter (ACCA) malakasini taqdim etuvchi xalqaro buxgalteriya organi. ACCA shtab-kvartirasi Londonda joylashgan bo’lib, uning asosiy ma’muriy ofisi Glazgoda joylashgan. ACCA 52 mamlakatda joylashgan 104 ta ofis va markazlar – 323 tasdiqlangan Ta’lim bo’yicha Hamkorlar (ALP) va butun dunyo bo’ylab xodimlarning rivojlanishiga turtki beradigan 7,300 dan ortiq Ish beruvchilar tarmog’i orqali ishlaydi .

ACCA malakasida “Chartered” atamasi 1974 yil Qirollik Xartiyasiga tegishli.

“Tasdiqlangan sertifikatlangan buxgalter” – bu qonun bilan himoyalangan atama. O’zlarini sertifikatlangan buxgalterlar deb tanishtirgan shaxslar ACCA a’zosi bo’lishi kerak va agar ular rasmiy jamoat amaliyotini bajarayotgan bo’lsalar, amaliyotni o’taganligini tasdiqlovchi sertifikat mavjudligi, javobgarlikni sug’urtalash va tegishli tartibda tekshirish kabi qo’shimcha qoidalarga rioya qilishlari kerak.
Buyuk Britaniyaning jamoat buxgalterlari uchun professional organlaridan biri bo’lgan “Xalqaro buxgalterlar uyushmasi” (AAPA) 1996 yildan beri ACCA ning filiali hisoblanadi.
ACCA o’z a’zolari hatti-harakatlarini boshqarish orqali jamoat manfaatlarida ishlaydi. Bu o’z-o’zini boshqarish printsipiga asoslangan boshqarish amaliyotini rivojlantirishga yordam beradi. ACCA xalqaro tadqiqotlar orqali jamiyatda buxgalteriya hisobiga qo’shimcha qiymat qo’shishga intilmoqda. Kasb obro’si va nufuzi o’sishda davom etar ekan, u global muammolar bo’yicha ilg’or pozitsiyalarni egallaydi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda 50 dan ortiq sertifikatlangan a’zolar va ACCA dasturida tahsil olayotgan 1000 ga yaqin talabalar mavjud.

ACCA a’zosi bo’lish uchun siz bir qator imtihonlardan o’tishingiz va yana bir sertifikatlangan uyushmaning a’zosi nazorati ostida 36 oy ish tajribasiga ega bo’lishingiz kerak. ACCA malakasi butun dunyoda tan olingan va ko’plab mamlakatlar tomonidan buxgalteriya hisobi, audit, soliq va moliyaviy menejment sohasidagi mahalliy tadqiqotlarga tenglashtirilgan. Bundan tashqari, ACCA malakasi biznesni boshqarishning ko’p qirralarini, innovatsion va nazariy jihatlarni, masalan, motivatsion nazariyalarni va xarajatlarni hisobga olish va samaradorlikni boshqarish kabi texnik jihatlarni qamrab oladi.

ACCA malakasi nufuzli malaka hisoblanadi va uni tanlash uchun ko’p sabablar mavjud. Eng muhim sabablar:

– Har tomonlama va iqtisodiy jihatdan samarali bo’lgan o’quv dasturi yordamida imkoniyatlar dunyosini kashf eting
– Biznes karerangizni moslashuvchan tarzdagi tizim va xalqaro standartlardan boshlang
– ACCA ning dunyo miqyosida tan olinishi statusi bilan vujudga keladigan imkoniyatdan foydalangan holda dunyoning istalgan nuqtasida ishlash
– Haqiqiy global birlashma va professional maqomga ega bo’lgan eng yaxshi ish beruvchilar qatorida turing

Batafsil

MHXS nima?

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari to’plami bo’lib, ularda moliyaviy operatsiyalar va boshqa o’zgarishlarning alohida turlari qanday aks etishi kerakligi ko’rsatilgan. Ushbu standartlar buxgalteriya hisobi standartlari xalqaro kengashi tomonidan nashr etilgan va ular buxgalterlarning hisoblarni qanday yuritishi va taqdim etishlari kerakligini aniq belgilab beradi. Biznes standartlari va buxgalteriya amaliyoti kompaniyadan kompaniyaga va har bir mamlakatga farq qilishi mumkin, shu sabab, buxgalteriya hisobida “umumiy til” ga ega bo’lish uchun ushbu standart yaratilgan.

MHXS maqsadi moliyaviy dunyoda barqarorlik va shaffoflikni ta’minlashdir. Bu korxonalar va yakka tartibdagi investorlarga mutaxassislarga moliyaviy qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi, chunki ular sarmoya kiritmoqchi bo’lgan kompaniya bilan nima sodir bo’lganligini aniq bilib olishadi.

MHXS dunyoning ko’p joylarida, shu jumladan Evropa Ittifoqida va Osiyo va Janubiy Amerikadagi ko’plab mamlakatlarda standart hisoblanadi, ammo AQShda emas. Qimmatli qog’ozlar va birjalar bo’yicha komissiya (SEC) Amerikada ushbu standartlarni qabul qilish qarorini qabul qilish jarayonida. Standartlardan eng ko’p foyda ko’radigan davlatlar xalqaro biznesni amalga oshiradigan va unga investitsiya qiladigan mamlakatlardir. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, MHXS global tatbiq etilishi taqqoslash xarajatlariga sarflanadigan pulni tejashga imkon beradi, shuningdek ma’lumot uzatishda ko’proq erkinlik beradi.

MHXSni qabul qilgan mamlakatlarda ham kompaniyalar, ham investorlar ushbu tizimdan foydalanish foydaliroqdir, chunki kompaniyaning biznes amaliyoti shaffof bo’lsa, investorlar kompaniyaga sarmoya kiritish ehtimoli ko’proq bo’ladi. Bundan tashqari, investitsiya qiymati odatda kichikroq bo’ladi. Xalqaro biznes bilan shug’ullanadigan kompaniyalar MHXS dan ko’proq foyda ko’rishadi.

Bizning kurslar

Pre-ACCA English qabuliga talablar:
• Pasport nusxasi
• Ingliz tili ichki imtihonidan ijobiy natijaga ega bo’lish

Ingliz tilini boshlang’ich darajadan IELTS imtihonidan 5.0-6.0 bal darajasigacha 5-8 oy vaqt mobaynida o’qitish uchun yo’naltirilgan kurslar. Ushbu kursni tugallagandan keyin talabalar Foundation in Accountancy yoki ACCA dasturiga ro’yhatdan o’tishi mumkin

Foundations in Accountancy qabuliga talablar:
• O’rta ma’lumotni tugatganligi to’g’risida diplom (sertifikat)
• Pasport nusxasi
• 3,5 × 4,5 rasm (JPEG)
• IELTS sertifikati: 5.0
(agar mavjud bo’lsa, bu sizga ingliz tilini bilish ichki imtihonidan ozod qilish huquqini beradi)

Siz bizning Foundation daraja malakalari bilan ACCA a’zosi bo’lish tomon harakatingizni boshlay olasiz. Agar siz buxgalteriya va moliyadan avval xabardor bo’lmasangiz yoki allaqachon moliya sohasida ishlaysizu ammo malakangiz bo’lmasa bu dastur aynan siz uchun. Siz qobiliyatingizga mos keladigan to’g’ri darajada bo’lasiz. ACCA malakasiga ega bo’lishdan avval sertifikatlar va diplomlarga ega bo’lasiz. Sizda astoydil mehnat isboti bo’ladi va shuningdek bu sizni ruhlantirib turadi

ACCA qabuliga talablar:
• Talaba ekanligingizni isbotlovchi hujjat yoki ACCA dasturida talabalik ro’yhatidan o’tganligingiz to’g’risida hujjat (registrasiya raqami)
• Pasport nusxasi
• 3,5 × 4,5 rasm (JPEG)
• IELTS sertifikati: 6.0
(agar mavjud bo’lsa, bu sizga ingliz tilini bilish ichki imtihonidan ozod qilish huquqini beradi)

– Har tomonlama va iqtisodiy jihatdan samarali bo’lgan o’quv dasturi yordamida imkoniyatlar dunyosini kashf eting
– Biznes karerangizni moslashuvchan tarzdagi tizim va xalqaro standartlardan boshlang
– ACCA ning dunyo miqyosida tan olinishi statusi bilan vujudga keladigan imkoniyatdan foydalangan holda dunyoning istalgan nuqtasida ishlash
– Haqiqiy global birlashma va professional maqomga ega bo’lgan eng yaxshi ish beruvchilar qatorida turing

ONLINE REGISTRATION